locale OZ

U19. Ispaniya — Yevropa chempioni

Uels mamlakati mezbonlik qilgan finalda ispaniyaliklar Germaniyani yengib, qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U19. Ispaniya — Yevropa chempioni
photo: gettyimages

Yevropada 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida qit’a chempionati yakuniga yetdi. Finalda Ispaniya futbolchilari Germaniyaga qarshi bellashdi. Bahs 2:0 hisobida ispaniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda dastlabki gol 44-daqiqada hujumchi Ugo Lopes kiritdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Mario Rivas raqib darvozasini yana bir bor ishg‘ol qilib, jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya yarimfinalda Xorvatiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Germaniya finalga chiqish yo‘lida Ukrainani 2:1 hisobida taslim etgan edi.

E’tiborlisi, avvalroq Ispaniya qizlar o‘rtasidagi 19 yoshgacha bo‘lgan Yevropa chempionatida ham bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Finalda ispaniyalik qizlar Germaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni nishonlagan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting