U19 chempionati. Pley-off bahslari 11-17 noyabr sanalarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi
17 noyabrda o‘tkaziladigan final bellashuvi Jar stadionining asosiy maydonida o‘tkaziladi.
Фото: UzPFL
O‘zbekiston U19 chempionatida mavsumning birinchi qismi yakunlandi. Unga ko‘ra, o‘z mintaqasida kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan 8 ta klub musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Superliga va Proliga reglamentining 6.7-bandidan U19 chempionatining mintaqaviy bosqichi yakuniga ko‘ra, jamoalar egallagan o‘rnidan kelib chiqib qaysi raqiblarga duch kelishi haqida so‘z boradi. Mazkur bandga binoan jamoalarning pley-off tarmog‘idagi joylashuvi belgilab chiqildi.
11 noyabr sanasidan start oladigan mamlakatimiz futboli istiqbollarining kurash maydoni sifatida Jar stadionining zaxira maydoni tanlab olindi. 17 noyabrda o‘tkaziladigan final bellashuvi Jar stadionining asosiy maydonida o‘tkaziladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist