locale OZ

U19 chempionati. «Dinamo» yoshlari «Lochin» ustidan g‘alabaga erishdi

U19 chempionati 2-turi doirasida «Dinamo» yoshlar jamoasi o‘z maydonida «Lochin» U19 jamoasini qabul qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U19 chempionati. «Dinamo» yoshlari «Lochin» ustidan g‘alabaga erishdi
photo: Dinamo fk

U19 chempionati. «Dinamo» yoshlari «Lochin» ustidan g‘alabaga erishdi

U19 chempionati 2-turi doirasida «Dinamo» yoshlar jamoasi o‘z maydonida «Lochin» U19 jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv oldidan «Dinamo» U19 jamoasi a’zosi bo‘lgan marhum Sardor Murodov xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi.

Qiziqarli kechgan bahsning 40-daqiqasida Muhriddin Abdug‘aniyev hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Parviz Farmonov yoshlarimizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Raqiblar bitta gol bilan javob berishdi – 2:1.

Shu tariqa, Dilshod Sharofutdinov va Akmal Xolmatov murabbiyligidagi samarqandlik yoshlar Qarshi jamoasi ustidan mavsumdagi dastlabki g‘alabaga erishishdi. O‘tgan turda «Paxtakor» bilan durang (2:2) qayd etgan yoshlarimiz 2 o‘yinda 4 ochko jamg‘arishdi.

U21 chempionati. 2-tur
«Dinamo» U19 - «Lochin» U19 – 2:1
Hakam: Zufar Isroilov
Uchrashuv komissari: Muzaffar Ismatov
Gollar: Muhriddin Abdug‘aniyev 40, Parviz Farmonov 69 – Sohibjon Yo‘ldoshev 89.
«Dinamo»: Nodirjon Qayumov, Sardor Jumayev, Parviz Farmonov, Shohjahon Mahamadiyev, Muhriddin Abdug‘aniyev, Daler G‘afurov, Alimardon Malikov, Asadbek Bahronov, Hayotxon Saitmurodov, Abduaziz Abduraimov, Odilbek Jamshedov.
Zaxira tarkibi: Ozodbek Karimov, Mirjalol Abriyev, Diyorjon Asliyev, Doniyor Mahmudjonov, Temurmirzo Habibov, Shohjahon Sayfiddinov, Og‘abek Rabimov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting