U-17 terma jamoamiz Tailandga qarshi oq libosda oʻynaydi
FOTO: UzbekistanFA
Ertaga, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Tailandga qarshi bahs olib boradi. Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yoʻnalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing boʻyicha tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi ertangi bahsda toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanishi ma’lum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, uchrashuv 3-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Toif shahridagi “Okaz” stadionida start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist