U-17 Osiyo Kubogi. O'zbekiston Xitoyga qarshi oq libosda o'ynaydi
FOTO: UzbekistanFA
Ertaga, 6-aprel kuni O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turi doirasida Xitoyga qarshi bahs olib boradi.
O'FA matbuot xizmati xabariga ko'ra, mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 6-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Toif shahrida joylashgan “Okaz” stadionida start oladi.
Ma'lumot o'rnida, agar vakillarimiz ushbu bahsda g'alaba qozonadigan bo'lsa, Qatarda bo'lib o'tadigan kichik Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist