locale OZ

U-17 Osiyo Kubogi. O'zbekiston Tailandni “yanchib tashladi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-17 Osiyo Kubogi. O'zbekiston Tailandni “yanchib tashladi”
FOTO: UzbekistanFA

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan bahsda O'zbekiston terma jamoasi Tailandga qarshi bahs olib bordi.

Dastlab, hisob 2-daqiqada Sadriddin Hasanov tomonidan ochildi. Oradan 10 daqiqa o'tgach Nurbek Sarsenbayev jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shundan so'ng, Tailand o'zini qo'lga olib, hujumlar sonini oshirdi va bu 40-daqiqaga kelib o'z samarasini berdi. Raqib futbolchisi Silvia Mekses gol urib, hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo'limda O'zbekiston yana ustunlikni o'z qo'liga ola boshladi. 80-daqiqada Asilbek Aliyev hisobni yana ikkitaga oshirib qo'ydi. Oradan 5 daqiqa o'tgach Abubakr Shukurullayev o'yinga mantiqiy nuqta qo'ydi.

Shu tariqa, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Tailandni yirik 4:1 hisobida mag'lub etib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

U-17 Osiyo Kubogi | 1-tur

O'zbekiston U-17 4:1 Tailand U-17

Gollar: Sadriddin Hasanov 2' (1:0), Nurbek Sarsenbayev 12' (2:0), Silvia Mekses 40' (2:1), Asilbek Aliyev 80' (3:1), Abubakr Shukurullayev 85' (4:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting