locale OZ

U-17. Bugun jahon chempionati yo’llanmasini hal qilishimiz mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-17. Bugun jahon chempionati yo’llanmasini hal qilishimiz mumkin
Photo: gettyimages

Xabaringiz borz Islom Ismoilov boshchiligidagi U-17 terma jamoamiz Saudiya Arabistonida bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etyapti.

Terma jamoamiz birinchi turda Taylandlik raqiblarini yirik 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Bugun vakillarimiz guruhdagi navbatdagi uchrashuvda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Chin yurti futbolchilari dastlabki turda mezbonlar Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 2:1 hisobida yutqazib qo'yishdi. Xitoyliklarni keyingi ikki bahsdagi g'alaba guruhdan chiqish imkonini berishi mumkin.

O'zbekiston terma jamoamiz bugun g'alabaga erisha olsa, nafaqat Osiyo chempionati guruhidan chiqish masalasini, qolaversa Qatar davlatida o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini ham muddatidan avval hal qilishadi.

Esltaib o‘tamiz, jamoamizning Xitoyga qarshi o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi “Okaz” stadionida start oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting