locale OZ

«U yetakchi, barchaning hurmatiga sazovor». Koshta – JChdagi Ronaldu haqida

Portugaliyalik sobiq futbolchi Krishtianu haqida iliq fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«U yetakchi, barchaning hurmatiga sazovor». Koshta – JChdagi Ronaldu haqida
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rikardu Koshtaning aytishicha, tanqidlarga qaramay, hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoa kiyinish xonasida umumiy hurmatga ega.

Ikki kun oldin Portugaliya jamoasi JCh-2026 1-turida Kongo DR bilan durang o‘ynadi (1:1). 41 yoshli hujumchi samarali harakatlari bilan ajralib turmadi va o‘yindan so‘ng tanqidga uchradi.

«Hamma Krishtianuga quloq soladi. U o‘z jamoadoshlarini ruhlantiradigan yetakchi va milliy terma jamoaga ulkan yordam berishda davom etmoqda.

Jamoadan tashqarida u haqida ko‘p gapirishadi, lekin ichkarida u umumiy hurmatga ega», – deya Koshtaning so‘zlarini keltiradi Marca.

K guruhining 2-turida Portugaliya milliy terma jamoasi O‘zbekiston bilan (23 iyun), 3-turda esa Kolumbiya bilan (28 iyun) o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting