locale OZ

«U yerda ham g‘alaba qozonish uchun Mayamiga boramiz». Martinelli — Shotlandiyaga qarshi o‘yin haqida

O‘yin 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«U yerda ham g‘alaba qozonish uchun Mayamiga boramiz». Martinelli — Shotlandiyaga qarshi o‘yin haqida
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Martinelli milliy jamoaning Gaiti terma jamoasi ustidan qozongan g‘alabasi (3:0) borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvi — Shotlandiyaga qarshi bahsga tayyorgarlik haqida gapirdi. Uchrashuv 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

"Biz o‘z o‘yinimizdan xursandmiz. O‘yin davomida hammasi ajoyib bo‘ldi va, rostini aytsam, biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ammo, aytganimdek, biz vazifani yaxshi uddaladik va g‘alabadan mamnunmiz. Endi Shotlandiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz — u yerda ham g‘alaba qozonish uchun Mayamiga boramiz", – deya Martinellining so‘zlarini keltiradi DailyAFC’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi.

Jahon chempionati – 2026 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning guruh bosqichidagi ikki tur natijasiga ko‘ra Braziliya to‘rt ochko jamg‘arib, C guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting