locale OZ

U o'ziga xos uslubdagi murabbiy edi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U o'ziga xos uslubdagi murabbiy edi
Photo: Gettyimages

Jurnalist va tahliliy maqolalar ustasi Qahramon Aslanov “Shporlar” bosh murabbiyi Anje Posteko'g'lini istefoga chiqishiga munosabat bildirdi:

"Yevropa Ligasini yutganiga qaramasdan Anje Posteko‘g‘li “Tottenhem”dan iste'foga chiqarildi, demoqda Fabrisio Romano.

Paradoksal holat, "Tottenhem"ga so‘nggi 17 yildagi ilk sovrinini yutib bergani ham ta'sir qilmadi. APL mavsumi, 17-o‘rinning toshi og‘ir bosdi.

Bir tomondan bu to‘g‘ri bo‘lishiyam mumkin, masalan, Angliya kubogidagi g‘alaba qonida Erik ten Xag “MYu”da qolgani, davomi nima bo‘lganini eslatish shart emas.

Nima bo‘lgandayam, o‘ziga xos uslubiga ega bo‘lgan murabbiy edi va “Tottenhem” tomosha qilish uchun qiziq bo‘lgan hujumkor jamoaga aylangandi. Anje bilan shu tarkib ham katta potensialga ega ekani sezilgan. Keyingi murabbiy qaysi yo‘ldan boradi, transferlar qanday bo‘ladi, aytish qiyin",-deydi Aslanov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting