locale OZ

«U dunyodagi eng mukammal yarim himoyachilardan biri». Kroos Bellingham tarafini oldi

Avvalroq Jud keskin tanqidlarga uchragandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“U dunyodagi eng mukammal yarim himoyachilardan biri”. Kroos Bellingham tarafini oldi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi, germaniyalik Toni Kroos joriy mavsumda OAV va muxlislar tomonidan keskin tanqid qilinayotgan Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellinghamni qo‘llab-quvvatladi.

“Uning Madriddagi birinchi yili aqlga sig‘mas darajada bo‘ldi. Bu meni juda hayratlantirdi. U dunyodagi eng mukammal yarim himoyachilardan biri. Men unda juda kam uchraydigan va noyob fazilatlarni ko‘raman. Uning qobiliyatlari va maydondagi harakatlari haqiqatan ham o‘ziga xos”, — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 doirasida Angliya terma jamoasining Xorvatiyaga qarshi o‘yinida (4:2) Jud Bellingham 47-daqiqada ingliz jamoasini oldinga olib chiqqan edi.

JCH guruh bosqichining 2-turida Angliya terma jamoasi Gana (23 iyun) bilan, 3-turda esa Panama (28 iyun) bilan uchrashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting