locale OZ

“U bunday darajadagi o‘yinchi emas” — CSKA afsonasi Fayzullaevning ketishiga xursand

Ponomaryovga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi ambitsiyali jamoa darajasiga javob bermaydi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Moskva CSKA jamoasining sobiq himoyachisi Vladimir Ponomaryov Abbosbek Fayzullayevning Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U o‘z fikrlarini jurnalistlar bilan bo‘lishdi.

Ponomaryovning fikricha, bunday transfer CSKA uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lmaydi. Agar jamoa chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan bo‘lsa, Fayzullayev bu darajadagi vazifalarni hal qiladigan futbolchi emasligini ta’kidladi.

— Ha, o‘tsin, — dedi Ponomaryov nashr muxbiriga. — Agar CSKA oltin medallar uchun kurashmoqchi bo‘lsa, u bunday darajadagi o‘yinchi emas. U top-jamoaga mos kelmaydi.

Futbol veterani ta’kidlashicha, Fayzullayev maydonda faol harakat qilgan bo‘lsa-da, bu uni jamoaning hal qiluvchi shaxsiga aylantirish uchun yetarli emas:

— Ha, biroz harakat qildi, lekin boshqa olamshumul narsa yo‘q.

Ponomaryov Fayzullayevni Rossiyaning yosh iste’dodi Sergey Pinyayev bilan taqqoslar ekan, Pinyayev undan ko‘ra qiziqarli va istiqbolli futbolchi ekanini qayd etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting