«U barchasidan ustun keldi» — Ronaldo
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangani munosabati bilan o‘z munosabatini bildirdi.
«Futbol xudolari uchun bu yutuq o‘zi so‘zlab turibdi — u barchasidan ustun keldi. Agar kimdir jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishga munosib bo‘lsa, u aynan Messidir. U 38 yoshda, Xudoyim! Men 38 yoshimda faoliyatimni yakunlaganimga to‘rt yil bo‘lgan va vaznim 120 kilogrammni tashkil qilayotgan edi», — deya Ronaldoning so‘zlarini keltirmoqda L’Equipe.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Argentina Avstriya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda dubl qayd etgan argentinalik futbolchi mundiallardagi gollari sonini 18 taga yetkazib, turnir tarixidagi yagona rekordchiga aylandi.