locale OZ

U-23 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladigan shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham qatnashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-23 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladigan shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi
ФОТО: Getty images

OFK 2026 yilda Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkaziladigan U-23 Osiyo kubogi mezbon shaharlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, turnir uchun Ar-Riyod va Jidda shaharlaridagi 4 ta stadion ("Prince Faysal Bin Fahd Stadium", "Al-Shabab", "King Abdullah Sports City Hall", "Prine Abdullah Al Faisal Sports City") tanlab olingan.

Eslatib o‘tamiz, qit’a birinchiligi 2026 yilning 7–25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi va unda Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Turnirga qur’a tashlash marosimi 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilishi belgilangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting