locale OZ

U-23 Osiyo kubogi uchun qur'a tashlash sanasi ma'lum bo‘ldi

Qur'a tashlash marosimi Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-23 Osiyo kubogi uchun qur'a tashlash sanasi ma'lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2026-yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘yicha ma'lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, mazkur tadbir 2025-yilning 2-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur'ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan:

1-savatcha
Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
O‘zbekiston
Yaponiya
Iroq

2-savatcha
Koreya Respublikasi
Vyetnam
Avstraliya
Qatar

3-savatcha
Tailand
Iordaniya
BAA
Eron

4-savatcha
Xitoy
Suriya
Qirg‘iz Respublikasi
Livan

Ma'lumot uchun, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so‘nggi uchta Osiyo kubogida (Tailand-2020, O‘zbekiston-2022 va Qatar-2024) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa guruh bosqichi, chorak final, yarim final, 3-o‘rin uchun va final uchrashuvlaridan iborat bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting