locale OZ

U-23 Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston Shri-Lanka darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-23 Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston Shri-Lanka darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi
Фото: ЎФА

Qirg‘iz Respublikasida U23 Osiyo Kubogi saralash bahslari boshlandi.

O‘zbekiston ilk turda Shri-Lankaga qarshi maydonga tushdi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarni Rustam Turdimurodov dubl qayd etgan bo‘lsa, Umaraali Rahmonaliyev va Sardor Bahromov ham o‘z nomiga yozdirishdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 6-sentyabr kuni guruhdagi 2-tur uchrashuvini Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo kubogi saralash o‘yinlari. 1-tur

O‘zbekiston U-23 – Shri-Lanka U-23 - 4:0

Gollar: Umaraali Rahmonaliyev 38. Rustam Turdimurodov 40, 53, Sardor Bahromov 70.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting