U-23 Osiyo Kubogi: O‘zbekiston penaltilarda Xitoyga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
Ravshan Haydarov jamoasi turnirdagi ishtirokini yakunladi.
ФОТО: Getty images
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida chorak final doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari yarim final yo‘llanmasi uchun shiddatli kurash olib bordi.
Uchrashuvning asosiy 90 daqiqasi ham, qo‘shimcha bo‘limlari ham golsiz durang bilan yakunlandi — 0:0.
G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Xitoy yoshlar jamoasi aniqroq harakat qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston esa turnir bilan xayrlashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist