U-20 Osiyo kubogi yo‘llanmasi — bizning qo‘lda
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Iordaniya bilan durang o‘ynadi va final bosqichiga chiqdi
Rasm: UFA
U-20 Osiyo kubogi saralashidagi so‘nggi bahsda O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushib, 3:3 hisobida durang qayd etdi va qit’a birinchiligiga yo‘llanma oldi.
Birinchi taymda teng kurash:
44-daqiqada Zurikot Yasmin mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq birinchi bo‘limga qo‘shilgan vaqtda Dildora Baxtiyorova gol urib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Tanaffusdan keyin gollarga javob:
61-daqiqada Dali Alxavaji kuchli zarbasi bilan Iordaniyani yana oldinga olib chiqdi – 1:2. 76-daqiqada Asalxon Aminjonova hisobni 2:2 qildi. Ortidan, 84-daqiqada Malika Egamberdiyeva gol urdi va bizni oldinga olib chiqdi – 3:2.
Bakradze Iman
Redaktor