locale OZ

U-20 ayollar Osiyo kubogi. O‘zbekiston turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi

Ikkinchim tur bahsi 5-aprel sanasiga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-20 ayollar Osiyo kubogi. O‘zbekiston turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi
Фото: Аёллар футболи

1 aprel kuni Tailand mamlakati mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oldi.

O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi ushbu musobaqadagi ishtirokini boshladi.

Ilk turda janubiy koreyalik qizlarga qarshi maydonga tushib, yakunda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

“B” guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik qizlar turnirdagi ikkinchi uchrashuvini 5 aprel kuni Shimoliy Koreya U-20 ayollar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 8 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchinchi tur bahsida esa ular Iordaniya U-20 ayollar terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqa yarim finaliga yetib borgan jamoalar joriy yil sentyabr oyida Polsha mezbonlik qiladigan U-20 ayollar Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmagani qo‘lga kiritadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting