U-17 Jahon chempionati. Oʻzbekiston Panamani yirik hisobda magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi
Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi boʻlimda kiritildi.
FOTO: UzbekistanFA
U-17 Jahon chempionati 3-turidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Panamaga qarshi maydonga tushdi va yakunda yirik 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Abubakr Shukurullayev, Sadriddin Hasanov, Sayfiddin Sodiqov, Jamshid Rustamov, Asilbek Aliyev va Abdusamad Saidov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 6 taga yetkazib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
U-17 Jahon chempionati. 3-tur
Oʻzbekiston — Panama 6:1
Gollar: Abubakir Shukurullayev 48’, Sadriddin Hasanov 53’, Sayfiddin Sodiqov 68’, Jamshidbek Rustamov 90+1’, Asilbek Aliyev 90+3’, Abdusamad Saidov 90+5’.
Nasrullo Karimov
Jurnalist