locale OZ

U-17 Jahon chempionati oldidan ishtirokchi jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Turnir 3—27 noyabr kunlari Dohada boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U-17 Jahon chempionati oldidan ishtirokchi jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi
FOTO: UzbekistanFA

Ertaga, 3 noyabr kuni Qatar mamlakatida FIFA U-17 Jahon chempionati start oladi. Unda Islombek Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempioni sifatida ishtirok etadi.

Bugun turnir oldidan ishtirokchi jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda FIFA va mahalliy tashkiliy qo‘mita tomonidan musobaqaga oid masalalar, xususan, reglament, tibbiyot, xavfsizlik, media va marketing yoʻnalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

Ma’lumot o‘rnida, 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27 noyabr kunlari Doha shahridagi «Espayr» akademiyasi maydonlarida boʻlib oʻtadi. Final uchrashuvi esa «Xalifa» xalqaro stadionida o‘tkaziladi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi turnir doirasidagi ilk uchrashuvni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting