U-17 jahon chempionati. Finalchilar aniq bo‘ldi
Yevropacha final bo‘ladi.
ФОТО: Getty images
Qatar maydonlarida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Avstriya o‘smirlar jamoasi Italiyaga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Aynan italiyaliklar chorak finalda O‘zbekistonni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Ikkinchi yarim finalda esa Braziliya va Portugaliya jamoalari to‘qnash kelishdi. Penaltilar seriyasiga qadar davom etgan keskin bahsda yevropaliklar 6:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, final bahsi 27-noyabr kuniga belgilangan. 3-o‘rin uchun bahsda esa Braziliya va Italiya kuch sinashadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist