locale OZ

Tyeri Anri: «Krishtianu va Leo o‘rtasidagi raqobat barchani yaxshiroq bo‘lishga majbur qildi»

Sobiq «Barselona» futbolchisi Ronaldu va Messi oʻrtasidagi raqobat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tyeri Anri: «Krishtianu va Leo o‘rtasidagi raqobat barchani yaxshiroq bo‘lishga majbur qildi»
FOTO: Getty Images

«Arsenal» hamda «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi Tyeri Anri Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘rtasidagi taqqoslashlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Ularni bir-biridan ajratish xatodir. Har ikkisining o‘yinidan zavqlanish imkoni bor bo‘lsa, nima uchun odamlar ularni bo‘lishga harakat qilishadi? Albatta, men Leo bilan birga to‘p tepganman va hissiy sabablarga ko‘ra uning nomzodini tanlayman, biroq bu hech qachon Krishtianuga qarshi chiqishimni anglatmaydi.

Ularning har biri — futbol cho‘qqisidir. Ular boshqa sayyoradan kelishgan. Xuddi sport tarixidagi Nadal va Federer yoki Prost va Senna kabi, ular ham bir-birlarini yaxshiroq bo‘lishga majbur qilishdi. Krish va Leo raqobatdan tashqarida», — dedi Anri.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting