locale OZ

Tyeri Anri JCh-2026 favoritlari nomini aytdi

Eslatib oʻtamiz, bu galgi mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tyeri Anri JCh-2026 favoritlari nomini aytdi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi Tyeri Anri 2026 yilgi Jahon chempionati favoritlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Avvalo, amaldagi chempion — Argentinaga katta hurmat ko‘rsatish lozim. Bu hali ham juda kuchli jamoa, ularning safida 10-raqam ostida Messi to‘p tepmoqda. Keyingi o‘rinda biz, ya’ni Fransiya turibmiz. Bizda ajoyib milliy terma jamoa shakllangan, oxirgi ikkita finalga qadar yetib bordik. Va nihoyat, Ispaniya. Meni bir narsa hayratda qoldiradi: tarkibda qanday futbolchilar bo‘lishidan qat’i nazar, bu jamoa doimo bir xil — o‘ziga xos jozibador uslubda o‘ynaydi. Ulardan to‘pni olib qo‘yish juda qiyin», — dedi Anri.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar uchta mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi. Dunyo birinchiligida tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to‘rttadan 12 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting