locale OZ

Tyago Silva «Chelsi»ga qaytishi mumkin, ammo futbolchi sifatida emas

41 yoshli futbolchi avvalroq «Portu»dan ketishga qaror qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tyago Silva «Chelsi»ga qaytishi mumkin, ammo futbolchi sifatida emas
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Chelsi» klubi oʻzining sobiq himoyachisi Tyago Silvani murabbiylik shtabiga qaytarishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN Brasil xabar tarqatdi.

41 yoshli afsonaviy himoyachi Portugaliyaning «Portu» klubidan ketishga qaror qilganidan soʻng, ayni damda kelgusi rejalari ustida bosh qotirmoqda. Unga yaqin manbalarning xabar berishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, biroq «Chelsi»dagi murabbiylik lavozimi boʻyicha muzokaralar davom etmoqda. Yaqinda Silva London klubining direktorlar lojasida mehmon boʻldi.

Hozirda UEFAning «B» toifasidagi murabbiylik litsenziyasiga ega boʻlgan braziliyalik mutaxassis oʻz faoliyatini aynan murabbiy sifatida boshlamoqchi. Buning ustiga, uning oilaviy uyi hamon «Chelsi»ning Kobxemdagi qarorgohi yaqinida joylashgan.

Hozircha Silvaning butunlay butsalarini mixga ilishi yoki oʻynashda davom etishi aniq emas, chunki unga Italiyaning «Milan» klubidan ham takliflar bor.

Maʼlumot uchun, Tyago Silva yakunlangan mavsumda «Portu» safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, Portugaliya chempionligini qoʻlga kiritdi. U «Chelsi» sharafini 2020-2024 yillar davomida himoya qilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting