Tuxel: «Noni «Arsenal» va milliy jamoada o‘zini ko‘rsatishi uchun hamma narsaga ega»
Inglizlar bosh murabbiyi Madueke haqida fikr bildirdi.
Photo: gettyimages
Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yangi chaqiruv olgan Noni Maduekening o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Ba’zan Noniga fikrni jamlash yetishmaydi, u raqibga qarshi bosim qilishda «uxlab qolishi» mumkin, ammo bor kuchini ishga solsa, biz uchun juda muhim o‘yinchiga aylana oladi. Saka jarohat olgan, shuning uchun Noni «Arsenal» va milliy jamoada o‘zini ko‘rsatishi uchun hamma narsaga ega,» — dedi Tuxel o‘yindan keyin bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, «to'pchilar»ning 23 yoshli yangi futbolchisi JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Andorraga qarshi o‘yinda "uch sherlar" tarkibida maydonga tushdi. Uchrashuv inglizlarning g‘alabasi bilan yakunlandi (2:0).
Ibrohim Jalolov
Redaktor