locale OZ

Tuxel: \"Na Angliya, na Fransiya bronza uchun o‘ynashni istayapti\"

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan qiziqarli fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tuxel: "Na Angliya, na Fransiya bronza uchun o‘ynashni istayapti"
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan qiziqarli fikr bildirdi.

Nemis mutaxassisining aytishicha, na Angliya, na Fransiya futbolchilari bronza medallari uchun o‘ynashni xohlamoqda, chunki har ikki jamoaning asosiy maqsadi finalga chiqish va chempionlik uchun kurashish edi.

"Menimcha, na angliyaliklar, na fransuzlar bu uchrashuvda maydonga tushishni istaydi. Bunday bahsni hech kim orzu qilmaydi. Ammo biz professionalmiz va maydonga chiqib, g‘alaba uchun kurashamiz."

Eslatib o‘tamiz, Angliya yarim finalda Argentinaga 1:2, Fransiya esa Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi ikki terma jamoa 19-iyul kuni JCh-2026 bronza medallari uchun o‘zaro bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting