locale OZ

Tuxel: «Keyn faoliyatidagi eng yaxshi sport formasida turibdi»

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 02:00da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tuxel: «Keyn faoliyatidagi eng yaxshi sport formasida turibdi»
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi jahon chempionati chorak finalida Norvegiyaga qarshi o'yin oldidan jamoa sardori Harri Keynning o'yiniga yuqori baho berdi.

«Har bir o'yin oldidan aynan u haqida gapiramiz, chunki uchrashuvlar taqdirini hal qiladigan futbolchi shu. Uni maqtash uchun endi so'z ham topolmay qoldim. U — bizning yetakchimiz, sardorimiz. Menimcha, u faoliyatidagi eng yaxshi sport formasida turibdi. Harri haqiqiy jamoaviy futbolchi va har doim mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga tayyor. Uning sardorimiz ekanidan ham, menga uning murabbiyi bo'lish nasib etganidan ham faxrlanaman», — dedi Tuxel Sky Sport'ga.

Angliya va Norvegiya terma jamoalari o'rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati chorak final bahsi 12 iyul kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting