Tuxel: «Jamoaning o‘yinidan faxrlanaman. Biz uchun har bir futbolchi muhim edi»
Angliya ustozi Meksikaga qarshi bahs borasida fikr bildirdi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati–2026 1/8 finalida Angliya va Meksika terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘yindan so‘ng ingliz bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z fikrlarini bildirdi.
«Jamoaning o‘yinidan faxrlanaman. Biz uchun har bir futbolchi muhim edi. Bu juda qiyin uchrashuv bo‘ldi. Vaziyaat bizning zararimizga rivojlanayotgan paytda ham taslim bo‘lmadi, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qoldik. Jamoa yana bir qadam tashladi», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Mundialning yarim final yo‘llanmasi uchun Angliya Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist