Tuxel: «Boshlanish dahshatli bo‘ldi»
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Millatlar ligasida Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Boshlanish dahshatli bo‘ldi, bundan yomonini tasavvur qilish qiyin. Bunday jamoaga qarshi hisobda ortda qolib o‘ynash juda qiyin. Ammo 10–12 daqiqadan keyin, menimcha, biz raqibdan yaxshiroq o‘ynay boshladik. Raqib maydonining yarmida ustunlik qildik.
Afsuski, penaltini golga aylantira olmadik. Agar hisob 3:1 bo‘lganida, hatto ispaniyaliklarning o‘zi ham ularning uzoq davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasi shu o‘yinda to‘xtashi mumkinligi haqida o‘ylay boshlagan bo‘lardi.
Ikkinchi o‘tkazib yuborilgan gol epizodida juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Bu xatolardan saboq chiqarishimiz, ijobiy jihatlarga e’tibor qaratishimiz va oldinga harakat qilishimiz kerak», — dedi Tuxel ITV Sport bilan suhbatda.
Angliya terma jamoasi 29-sentabr kuni safarda Chexiyaga qarshi maydonga tushadi.