Tuxel Angliya terma jamoasi tarixiga kirdi
Angliya g‘alabali seriyani davom ettirmoqda.
ФОТО: Getty images
Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel o‘ziga xos rekord muallifiga aylandi.
Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida beshta rasmiy o‘yinning barchasida gol o‘tkazmadi.
Natiajada Tuxel bu o‘yinlarda gol o‘tkazmagan "uch sherlari"ning birinchi murabbiyi hisoblanadi.
Shu tariqa, JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Serbiyaga (5:0) qarshi o‘yin rekord natija bo‘ldi. Bungacha Tuxel jamoasi Albaniya (2:0), Latviya (3:0) va ikki marta Andorra (1:0, 2:0) ustidan zafar quchgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist