locale OZ

Tuxel Angliya milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi

Avvalroq tomonlar oʻrtasida 2028 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tuxel Angliya milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 52 yoshli mutaxassis terma jamoa matbuot xizmati orqali bergan bayonotida Angliya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirayotganidan juda mamnun va faxrda ekanligini ta’kidladi.

Tuxel ushbu jamoa bilan ishlash unga katta zavq bag‘ishlashini va futbolchilarni jahon chempionati o‘yinlariga olib tushish imkoniyatini intiqlik bilan kutayotganini aytdi.

Shuningdek, u bu vazifani ulkan imkoniyat deb baholab, butun mamlakat jamoa bilan faxrlanishi uchun bor kuchini ishga solishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel 2025 yilning 1 yanvaridan buyon Angliya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida birorta ham gol o‘tkazib yubormasdan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Tajribali murabbiy muqaddam «Chelsi», Dortmundning «Borussiya»si va «PSJ» kabi grand klublarda faoliyat yuritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting