locale OZ

Turkiyalik futbolchi 25 yoshida vafot etdi

DHA uning kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumganini yozmoqda, biroq kasallikning aniq turi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiyalik futbolchi 25 yoshida vafot etdi
Foto: Getty Images

Turkiyaning “Bandirmaspor” klubi himoyachisi Tolga Kalender 25 yoshida vafot etdi. Futbolchining o‘limi haqida klub rasmiy bayonot berdi.

Manbaga ko‘ra, Kalender ma’lum muddat davomida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab davolangan. DHA uning kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumganini yozmoqda, biroq kasallikning aniq turi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Futbolchi 23-sentabr kuni Adanadagi Kabasakal qabristoniga dafn etiladi.

Tolga Kalender faoliyati davomida “Adana Demirspor”, “Tuzlaspor”, “Bayrampasha” kabi klublar safida ham to‘p surgan. U 2025-yil yozida “Bandirmaspor”ga o‘tgan va klub bilan 2027-yilning iyuniga qadar shartnoma imzolagan edi.

Ma’lumot uchun, Tolga Kalender 2001-yilning 17-avgustida Mersin shahrida tug‘ilgan. Uning vafotidan so‘ng “Bandirmaspor” va sobiq klubi “Adana Demirspor” futbolchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting