Turkiyada maydon sifati boʻyicha tajriba oʻrganildi
Futbolchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish yoʻlida muhim qadam boʻladi.
Фото: Андижон ПФК
“Andijon” jamoasi rahbariyati va bosh murabbiy Turkiyaning zamonaviy stadionlari va mashgʻulot maydonlarini yaqindan oʻrganib chiqdi. Safardan koʻzlangan maqsad — oʼquv mashgʼulot yigʼini bilan bir qatorda klubimizdagi asosiy va mashgʻulot maydonlarini yanada yaxshilash, Turkiyada maydonlar qanday tarzda parvarishlanishi, saqlanishi va ekspluatatsiya qilinishi boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganishdan iborat boʻldi.
Rahbariyat maydon qoplamasi, drenaj tizimlari, sugʻorish usullari va xizmat koʻrsatish jarayonlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Ushbu tajriba kelgusida klub infratuzilmasini rivojlantirish, futbolchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish yoʻlida muhim qadam boʻladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist