locale OZ

Turkiyada 26 nafar shaxs totalizatorga aralashgani uchun hibsga olindi

Ulardan 14 tasi futbolchi ekanligi aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiyada 26 nafar shaxs totalizatorga aralashgani uchun hibsga olindi
FOTO: Getty Images

Istanbul politsiyasi futbol o‘yinlariga garovlar bilan bog‘liq ish doirasida 26 kishini qo‘lga oldi, deya xabar beradi TRT Haber.

Avvalroq turk prokuraturasi noqonuniy garovlar bo‘yicha tergov doirasida 29 kishiga, jumladan 14 nafar futbolchiga, shuningdek «Galatasaroy» sobiq bosh direktori Erden Timur, politsiya xodimi, «Eyuspor» vitse-prezidenti Fatih Kulaksiz va Turkiya futbol federatsiyasining xalqaro aloqalar hamda terma jamoalar bo‘yicha direktori Bugra Jema Imamog'lullarga hibs e’lon qilgan edi.

O‘tgan oy Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Ibragim Xadjiosmanoglu ma’lum qilganidek, noqonuniy garovlar ishi natijasida 50 milliard dollardan ortiq mablag‘ mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting