locale OZ

Turkiyada 17 nafar futbol klubi rahbari o‘z jamoalari o‘yinlariga pul tikgani uchun qo‘lga olindi

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, professional futbol klublarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan 19 nafar shaxs o‘z jamoalari ishtirokidagi bahslarga garov tikkan.
Turkiyada 17 nafar futbol klubi rahbari o‘z jamoalari o‘yinlariga pul tikgani uchun qo‘lga olindi
Foto: Getty Images

Turkiyada professional futbol klublarida faoliyat yuritgan 17 nafar rahbar o‘z jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarga pul tikishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, professional futbol klublarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan 19 nafar shaxs o‘z jamoalari ishtirokidagi bahslarga garov tikkan. Ularning 17 nafari qo‘lga olingan bo‘lsa, yana ikki nafar gumondor Turkiya hududidan tashqarida ekani ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, funksionerlar garovlarni rasmiy bukmekerlik platformalari orqali amalga oshirgan. Gumondorlar orasida "Beshiktosh", "Galatasaroy", "Adana Demirspor" va boshqa klublar vakillari bor. Ayrim holatlarda ular hatto o‘z jamoalarining mag‘lubiyatiga ham pul tikkan. Shuningdek, futbolchilarning individual statistik ko‘rsatkichlariga garov tikish holatlari ham aniqlangan.

Hozirda ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Turkiya Adliya vazirligi noqonuniy tikishlar, sportdagi korrupsiya va kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qat'iy davom ettirilishini ma'lum qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting