locale OZ

Turkiya Superligasi. Shomurodov toʻliq oʻynagan bahsda «Bashakshehir» «Fenerbahche» bilan durang oʻynadi

Uchrashuvda Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya Superligasi. Shomurodov toʻliq oʻynagan bahsda «Bashakshehir» «Fenerbahche» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images
Turkiya Superligasi
06.12.2025, Yak.
Istanbul Bashakshahar
1
Fenerbahche
1

Turkiya Superligasining 15-turida Nuri Shahin boshchiligidagi «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan «Fenerbahche»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 64-daqiqada «PSJ»ning sobiq himoyachisi Milan Shkrinyar hisobni ochdi. 81-daqiqaga kelib esa Abbosbek Fayzullaev o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Bertug Yildirim farqni yo‘qqa chiqardi va jamoasiga muhim bir ochko olib berdi.

Ma’lumot o‘rnida, «Bashakshehir» ushbu durangdan so‘ng ochkolarini 17 taga yetkazib, 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Fenerbahche» esa 33 ochko bilan ikkinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamlab oldi.

Turkiya Superligasi. 15-tur

«Bashakshehir» — «Fenerbahche» 1:1

Gollar: Yildirim (81) — Shkrinyar (64).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting