locale OZ

Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga magʻlub boʻldi

Eldorning birinchi goli ofsayd sabab bekor qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images
Turkiya Superligasi
18.10.2025, Yak.
Istanbul Bashakshahar
1
Galatasaray
2

Turkiya Superligasi 9-turidan oʻrin olgan bahsda «Istanbul Bashakshehir» oʻz maydonida «Galatasaroy»ni qabul qildi va 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Dastlab Leroy Sane 45+3-daqiqada hisobni ochdi. 59-daqiqada esa Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. Biroq oradan ikki daqiqa oʻtar-oʻtmas Sane dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Galatasaroy» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 25 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Bashakshehir» esa 6 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda.

Turkiya Superligasi. 9-tur

«Bashakshehir» — «Galatasaroy» 1:2

Gollar: Shomurodov (59) — Sane (45+3, 61).

Bashakshehir — Shengezer, Shahiner (Ebosele, 46), Duarte, Opoku, Operi, Kalujinski, Turuch, Kemen, Krespo (O‘zgur, 80), Harit (Da Koshta, 46), Shomurodov.

Galatasaroy — Chaqir, Shallai, Ayxan, Bardakchi, Elmali (Yakobs, 73), Torreyra, Gundo‘g‘an (Akgun, 74), Sane (Kutlu, 86), Sara (Lemina, 74), Yilmaz, Ikardi (Osimhen, 74).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting