locale OZ

Turkiya Superligasi. Shomurodov dubl qayd etgan bahsda «Bashakshehir» yirik hisobda gʻalaba qozondi

Turkiya chempionatining 10-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya Superligasi. Shomurodov dubl qayd etgan bahsda «Bashakshehir» yirik hisobda gʻalaba qozondi
FOTO: Getty Images
Turkiya Superligasi
26.10.2025, Yak.
Antalyaspor
0
Istanbul Bashakshahar
4

Turkiya Superligasi 10-turidan oʻrin olgan bahsda «Istanbul Bashakshehir» safarda «Antalyaspor» mehmoni boʻldi va yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab hisob 22-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan ochildi. 45+4-daqiqada Nunu Da Koshta ustunlikni mustahkamladi.

53-daqiqada Koshtaning oʻzi hisobni yirik koʻrinishga olib kelgan boʻlsa, 88-daqiqada Shomurodov dublni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Bashakshehir» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Antalyaspor» esa 10 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Turkiya Superligasi. 10-tur

«Antalyaspor» — «Bashakshehir» 0:4

Gollar: Shomurodov (22, 88), Da Koshta (45+4, 53).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting