Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» mavsumni gʼalaba bilan boshladi, Eldordan gol, Аbbosdan assist
Turkiya chempionatida 1-tur bahslari davom etmoqda.
«Bashakshehir» klubi mavsumni oʼz maydonida «Kojaelispor»ga qarshi oʼyin bilan boshlab, ishonchli gʼalabaga erishdi.
Eʼtiborlisi, istanbulliklar safida Oʼzbekiston milliy jamoasining ikki futbolchisi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi va samarali harakat qayd etishdi. Аbbos Fayzullaev jamoasining birinchi toʼpiga assistentlik qilgan boʼlsa, Eldor Shomurodov ikkinchi golga mualliflik qildi.
Turkiya Superligasi. 1-tur
Bashakshehir — Kojaelispor 2:0
16 avgust, Fotih Terim nomidagi stadion
Gollar: Operi (14), Shomurodov (72).
Bashakshehir — Shengezer, Shahiner, Bayram, Opoku, Operi, Kemen, Kalujinski (Ergun, 89), Skov Olsen (Gureler, 89), Shomurodov (Zelke, 75), Fayzullaev (Sari, 63), Bertug (Bozok, 75).