Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» g'alaba qozondi, Shomurodov dubl qayd etdi
Turkiya Superligasining 29-turidan o‘rin olgan "Bashakshehir" hamda "Genchlerbirligi" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Istanbuldagi "Fotiҳ Terim" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozondi — 3:0.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o‘yin qahramoniga aylandi. Eldor 9-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urib, oradagi farqni oshirdi.
Shomurodov 81 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Bashakshehir" ochkolarini 47 taga yetkazib oldi. Jamoa turnir jadvalining yuqori qismidagi o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda.
Turkiya Superligasi, 29-tur
"Bashakshehir" — "Genchlerbirligi" 3:0
Gollar: 1:0 – Shomurodov (9), 2:0 – Shomurodov (40), 3:0 – Yildirim (42).