locale OZ

Turkiya raqib darvozasi tomon 62 marta zarba berib, birorta ham gol ura olmadi

Bu haqda Opta xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya raqib darvozasi tomon 62 marta zarba berib, birorta ham gol ura olmadi
ФОТО: Getty images

Turkiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida anti-rekord qayd etdi. Bu haqda Opta xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, turk futbolchilari guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvda raqib darvozasi tomon jami 62 marta zarba yo‘llagan bo‘lsa-da, birorta gol ura olmagan. Optaning 1966 yildan buyon yuritib kelayotgan statistik ma'lumotlariga ko‘ra, bu Jahon chempionati tarixidagi ikki o‘yinlik davr uchun eng yomon natija hisoblanadi.

Turkiya terma jamoasi birinchi turda Avstraliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Shu tariqa jamoa guruh bosqichi yakunlanmasidan turib pley-off yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqib ketgan.

2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 11 iyunda boshlangan bo‘lib, 19 iyulgacha davom etadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting