locale OZ

Turkiya klubi Fayzullayev transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

"Istanbul Bashakshehir" matbuot xizmati: hozircha Fayzullayev bo‘yicha muzokara yoki rasmiy taklif mavjud emas
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Avvalroq turkiyalik "Istanbul Bashakshehir" klubi o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirgani va Moskvaning "CSKA" jamoasi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq klub matbuot kotibi ushbu ma’lumotni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bo‘lmagan va jamoa uni xarid qilishni rejalashtirmayapti.

"Biz jamoa skautlari bilan bog‘landik. Ular bu borada hali hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytishdi", — deyiladi klub bayonotida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting