locale OZ

Turkiya Jahon chempionatlari tarixidagi XXI asr antirekordini oʻrnatdi

Turkiyaliklar Avstraliyaga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya Jahon chempionatlari tarixidagi XXI asr antirekordini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Turkiya milliy terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida 1974-yildan buyon oʻyin davomida raqib darvozasiga 30 va undan koʻp zarba yoʻllab, yakunda magʻlubiyatga uchragan ilk jamoaga aylandi. JCh-1974 musobaqasida Urugvay Shvetsiyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

2026-yilgi jahon birinchiligi guruh bosqichining 1-turida turklar Avstraliya terma jamoasiga 0:2 hisobida yutqazib qoʻyishdi. Bu haqda Opta tahliliy portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Turkiya terma jamoasi, shuningdek, JCh-2006 chorak finalidagi Angliya — Portugaliya (0:0, penaltilar seriyasi — 1:3) uchrashuvidan keyin bunday koʻrsatkich qayd etib, raqib darvozasini ishgʻol eta olmagan birinchi jamoa boʻldi.

Guruh bosqichining 2-turida Turkiya terma jamoasi Paragvayga qarshi (20-iyun) maydonga tushsa, 3-turda AQSH bilan (26-iyun) kuch sinashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting