locale OZ

Turkiya chempionati. Shomurodov gol urgan, Fayzullaev assist qayd etgan bahsda \"Bashakshehir\" safarda g‘alaba qozondi

Eldorning gollari soni 15 taga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turkiya chempionati. Shomurodov gol urgan, Fayzullaev assist qayd etgan bahsda "Bashakshehir" safarda g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

Turkiya Superligasining 21-turi doirasida “Eyupspor” va “Bashakshehir” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Dastlab Abbosbek Fayzullaev tomonidan amalga oshirilgan aniq uzatmadan so‘ng germaniyalik hujumchi Davie Selke bosh bilan darvozani ishg‘ol qilib, “Bashakshehir”ni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar ustunligini mustahkamladi. 53-daqiqada o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, “Bashakshehir” Turkiya chempionatining 21-turida muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoa ushbu g‘alabadan so‘ng 33 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 6-pog‘onasiga ko‘tarildi. Mag‘lub bo‘lgan “Eyupspor” esa 18 ochko bilan autsayderlar safida qolmoqda.

Turkiya Superligasi. 21-tur

“Eyupspor” — “Bashakshehir” 1:2
Gollar: 0:1 — Selke (14), 0:2 — Shomurodov (53), 1:2 — Bozok (90+3)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting