Turk jurnalisti: «Beşhiktoşh» bugun Muhammad Saloh transferini e’lon qilishi mumkin
Turkiyaning “Beşhiktoşh” klubi bugun misrlik hujumchi Muhammad Saloh transferini rasman e’lon qilishi mumkin. Bu haqda turk jurnalisti Atakan Kurt X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub Saloh ismi tushirilgan o‘yin liboslarini tayyorlab bo‘lgan hamda transfer bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlar yakunlangan.
Jurnalistning ta’kidlashicha, rasmiy bayonot aynan bugun e’lon qilinishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Muhammad Salohni aeroportda tantanali kutib olish va keyinroq “Beşhiktoşh” stadionida shartnoma imzolash marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Avvalroq Turkiya OAVlari ham “Beşhiktoşh” Salohni yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida ko‘rayotgani va uni jamoaga olib kelish ustida faol ish olib borayotganini bir necha bor xabar qilgan edi.