Turdimurodov, Murkayev va Poyonov Surxon jamoasini tark etishdi
Rustam Turdimurodov Surxon safida 15ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 2ta golli uzatma amalga oshirdi.
photo: Surxon fk
Ijara shartnomasi yakunlangani sababli Rustam Turdimurodov, Maksim Murkayev va Sunatilla Poyonov Surxonni tark etmoqdalar.
"Rustam Turdimurodov Surxon safida 15ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 2ta golli uzatma amalga oshirdi. Maksim Murkayev so‘nggi ikki mavsum davomida U21 jamoasi tarkibida to‘p surib, yoshlar chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Sunatilla Poyonov o‘tgan mavsum davomida 24 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi
Rustam, Maksim va Sunatillaga maydondagi fidoyiligi va jamoamiz safidagi yorqin o‘yini uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Rahmat va omad tilaymiz, yigitlar",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor