locale OZ

Turan — “Shaxtyor” bosh murabbiyi

U "konchilar" bilan 2 yillik bitimga imzo chekdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turan — “Shaxtyor” bosh murabbiyi
Photo: Getty Images

“Barselona” va “Atletiko”ning sobiq futbolchisi Arda Turan “Shaxtyor” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turkiyalik mutaxassis “konchilar” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U “Eyupspor”ni 2023 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bu klub bilan 84ta o‘yin o‘tkazib, 45ta g‘alaba, 14ta durang va 25 marta mag‘lubiyatga uchragan.

“Shaxtyor” esa mavsumni 3-o‘rinda yakunladi. “Konchilar” 62 ochko to‘pladi va keyingi mavsumda Yevropa Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting