Tunis JCH-2026 yo'llanmasiga ega bo'ldi
ФОТО: Getty images
Tunis terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Afrikaliklar ketma-ket uchinchi bor turnirda ishtirok etadi.
Tunislilar Muhammad Ali Bin Romdanening yagona goli evaziga saralash bosqichi doirasida Ekvatorial Gvineya ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, jamoasini jahon chempionatiga olib chiqdi.
Sami Trabelsi boshchiligidagi Tunis H guruhida 8 o'yindan so'ng 22 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, ular 2-o'rindagi Namibiyadan 10 ochko oldinda.
Shu tariqa, jahon chempionatiga yo'llanma olgan jamoalar soni 18 taga yetdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist