locale OZ

«Tun» tarixda ilk bor Shveysariya chempioni bo‘ldi

Klub 128 yil avval tashkil etilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tun» tarixda ilk bor Shveysariya chempioni bo‘ldi
ФОТО: Getty images

“Tun” oʻz tarixida ilk bor Shveytsariya chempioni boʻldi, jamoa bu sovrinni muddatidan avval rasmiylashtirdi.

Eʼtiborlisi, “Tun” oʻtgan mavsum yakuniga koʻra Shveytsariya futbol tizimida ikkinchi divizion hisoblanadigan Chellenj-Liga gʻolibiga aylangan edi.

Superliganing 35-turida “Tun” “Bazel”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi, ammo jamoaning eng yaqin taʼqibchisi — “Sankt-Gallen” ham “Sion”dan javobsiz uchta gol oʻtkazib yuborib, magʻlubiyatga uchradi.

Shu tariqa, Shveytsariya chempionatining joriy mavsumi yakunlanishiga uch tur qolganida “Tun” 74 ochko bilan Superliga turnir jadvalini boshqarib bormoqda, “Sankt-Gallen” esa 63 ochko bilan ikkinchi oʻrinda joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting